» » Toshkentda qimorxona ochgan shaxslar faoliyati fosh etildi

Toshkentda qimorxona ochgan shaxslar faoliyati fosh etildi


Toshkent shahar Yashnobod tumanida qimorxona tashkil qilgan shaxs va uning xodimlari faoliyati fosh etildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, Toshkent shahar IIBBga poytaxtning Yashnobod tumanidagi bilyard klubida qimor o‘yinlari tashkil etilayotgani haqida xabar kelib tushgan. Tekshiruv natijasida mazkur ma’lumot tasdiqlandi.

Mazkur klub ko‘zdan kechirilganda 52 yoshli rahbar B.A. qimor o‘yinlari uchun binoda alohida xona ajratgani ma’lum bo‘ldi va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar tizimli ravishda o‘tkazilgani aniqlandi.

Tekshiruv davomida klubda poker o‘ynovchi olti kishi va klub ishchilaridan uch kishi — 48 yoshli M.I., 24 yoshli D.D. va muqaddam sudlangan 25 yoshli T.J. borligi aniqlangan.

Ashyoviy dalillar sifatida 2700 dollar, 6 million so‘m va poker o‘yini uchun toshlar olingan.

Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют