WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 6400 nafardan oshdi
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 6400 nafardan oshdi
O‘zbekistonda 22-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, 43 kishida koronavirus aniqlandi. Yangi kasallanish holatlaridan so‘ng O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6401 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Yangi kasallanish holatlarining
Eslatib o‘tamiz, 22-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra ham 43 kishida koronavirus aniqlangan va umumiy kasallanganlar soni 6358 nafarga yetgani xabar qilingandi.
22-iyun davomida Namangan viloyatidagi davolash muassasasida 7 nafar bemor sog‘ayib, O‘zbekistonda ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 4384 nafarga yetdi.
Hozirda O‘zbekistondagi tibbiyot muassasalarida 1998 nafar bemor kasallikdan davolanmoqda. Hozirgacha 19 bemor kasallik asoratlaridan vafot etgan.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!
ОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?