» » Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 590 ming kishidan oshdi, kunlik o‘lim ko‘rsatkichi kamaymoqda

Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 590 ming kishidan oshdi, kunlik o‘lim ko‘rsatkichi kamaymoqda


Rossiyada 22-iyun kuni holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinish bo‘yicha 7600 ta yangi holat aniqlandi, bu bir kun avval aniqlangan holatlar sonidan 128 ta kam. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Epidemiya boshidan buyon Rossiyada 592 280 kishida koronavirus aniqlangan.

So‘nggi bir sutkada eng ko‘p kasallanganlar Moskva shahri (1068 kishi), Moskva viloyati (506 kishi), Xanti-Mansi avtonom okrugi (295 kishi), Nijegorod viloyati (219 kishi), Sankt-Peterburg shahri (217 kishi), Voronej (199 kishi), Sverdlov (197 kishi) va Irkutsk (194 kishi) viloyatlarida qayd etilgan.

Mavzuga doir: JSST dunyoda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha sutkalik rekord yangilanganini ma’lum qildi

O‘tgan sutkada kasallik oqibatida 95 kishi vafot etgan. Ta’kidlanishicha, bu 25-maydan buyon qayd etilgan eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. Moskvada bir kun ichida 20 kishi kasallik qurboniga aylangan bo‘lib, bu shahar bo‘yicha 17-apreldan buyon qayd etilgan eng past ko‘rsatkich sanaladi. Pandemiya boshidan buyon Rossiyada 8206 kishi kasallik qurboniga aylangan.

Rossiyada bir sutka ichida 4705 kishi koronavirusdan tuzalishga muvaffaq bo‘lgan. Mamlakat bo‘yicha tuzalganlarning umumiy soni 344 416 kishiga yetgan.

So‘nggi bir sutkada mamlakatda koronavirusni aniqlash bo‘yicha 291 mingta test o‘tkazilgan. Rossiyada o‘tkazilgan testlarning umumiy soni 17,2 milliondan oshgan.

Mavzuga doir: Rossiyada koronavirusga chalingan toshkentlik deputat o‘z kechinmalari va chiqargan xulosalari bilan bo‘lishdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют