» » Mayk Tayson UFC chempioni Jon Jonsni jangga chorladi

Mayk Tayson UFC chempioni Jon Jonsni jangga chorladi


Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasining sobiq Jahon chempioni Mayk Tayson boks va UFC’dagi gonorarlarni o‘zaro solishtirib o‘tdi.

“Eshiting, UFC — boksdan ko‘ra mashhurroq sport turi, shundaymi? Biroq UFC jangchisi hech qachon yaxshi saviyadagi bokschidan boyroq bo‘la olmaydi.

Konor Makgregor 100 million dollar ishlab olish uchun Floyd Meyvezer bilan jang qilishga majbur bo‘ldi.

Agar Jon Jons katta miqdorda pul ishlab olishni xohlasa, men bilan jang qilishi kerak”, — deydi Tayson.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tayson ringga qaytishi va bir nechta ko‘rgazmali janglarda ishtirok etishini ma’lum qilgandi.

Jon Jons — yarim og‘ir vazn toifasida UFC chempioni va promoushen umumiy reytingi yetakchisi. Avvalroq sportchi unga yaxshilangan shartnoma taklif qilmayotgani uchun UFC’ni tanqid ostiga olgandi.

Mavzuga doir: Jon Jons: “Faoliyatim cho‘qqisida UFC menga pul to‘lamagan, o‘zlari esa ortimdan millionlab daromad ko‘rgan”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют