» » O‘zbekistonga xorijdan kelgan fuqarolar 14 kunlik karantinni o‘z hisobidan mehmonxonada o‘tkazishi mumkin bo‘ldi

O‘zbekistonga xorijdan kelgan fuqarolar 14 kunlik karantinni o‘z hisobidan mehmonxonada o‘tkazishi mumkin bo‘ldi


Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan davlatlardan O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida ularning xohishiga ko‘ra 14 kunlik karantin nazorati davri haqini to‘lagan holda mehmonxonada o‘tkazish huquqi berildi. Bu haqda “Koronavirus info” Telegram kanali ma’lum qildi.

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, endilikda yuqoridagi toifa davlatlardan O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar o‘z xohishiga ko‘ra 14 kunlik karantin muddatini davlat tomonidan bepul ta’minlanadigan karantin markazlarida yoxud haqini to‘lagan holda mehmonxonada o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.

Fuqarolar karantin nazorati davrini o‘tkazishi mumkin bo‘lgan mehmonxonalar ro‘yxati Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan shakllantiriladi.

Fuqarolar karantin nazorati davrini mehmonxonada o‘tkazishda Karantin nazorati davrini mehmonxonalarda o‘tkazishning vaqtinchalik tartibiga qat’iy rioya etishlari talab etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Maxsus komissiya qaroriga muvofiq Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasi aniqlangan “qizil” hududlarda blokpostlar qayta o‘rnatilishi belgilandi.

Avvalroq Toshkent viloyatidagi “O‘rtasaroy” karantin markazida 42 yoshli asli farg‘onalik fuqaro 20-iyun kuni o‘zini osib qo‘ygani haqida xabar berilgandi. Ushbu fuqaro o‘zini kasallikka chalingan deb gumon qilgan va boshqalarda kasalini yuqtirib qo‘yishdan xavfsiragan. O‘limidan so‘ng uning tahlil natijalarida koronavirus aniqlanmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют