» » “Yashil” hudud maqomidagi Andijonda 462 ta xususiy bog‘cha o‘z faoliyatini boshladi

“Yashil” hudud maqomidagi Andijonda 462 ta xususiy bog‘cha o‘z faoliyatini boshladi


“Yashil” hudud maqomini saqlab qolayotgan Andijon viloyatida 2020-yil 15-iyundan boshlab 462 ta nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulov xabar berdi.

Andijon viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, 15-iyundan boshlab “yashil” va “sariq” hududlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga ruxsat berilgan. Shunga asosan, MTTlar faoliyati xavfsizligini ta’minlash maqsadida barcha sharoitlarni yaratish, jumladan, tarbiyalanuvchilarning ovqatlanishini tashkil etish uchun oziq-ovqatlar, himoya vositalarini sotib olish, o‘rnatish va dezinfeksiya qilish ishlari, shuningdek, xodimlarni mehnat ta’tilidan chaqirish bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirish jarayonlari davom etmoqda.

15-iyundan boshlab shu kunga qadar zarur xavfsizlik choralarini ta’minlab beruvchi 462 ta xususiy MTT sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilgan holda o‘z faoliyatini boshladi va 13 ming 153 nafar tarbiyalanuvchini bag‘riga oldi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1-iyundan “sariq” va “yashil” hududlarda sport to‘garaklari, fitnes klublar va sport zallari faoliyatiga ruxsat berilgan, 2020-yil 4-iyun kuni 5-iyundan masjidlar, 15-iyundan restoran va bog‘chalar ochilishi haqida Respublika maxsus komissiyasining qarori qabul qilingan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют