» » Xorijdagi fuqarolarni O‘zbekistonga olib kelish uchun yana 21 ta reys amalga oshiriladi

Xorijdagi fuqarolarni O‘zbekistonga olib kelish uchun yana 21 ta reys amalga oshiriladi


Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq xorijdagi fuqarolarni O‘zbekistonga olib kelish uchun navbatdagi charter reyslarning jadvali tasdiqlandi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, 2020-yilning 22-iyunidan 5-iyuligacha 21 ta reys orqali xorijdagi fuqarolar evakuatsiya qilinadi.

22—28-iyun kunlariga quyidagi reyslar belgilangan:

22-iyun. Sankt-Peterburg—Toshkent—Sankt-Peterburg;

23-iyun. Toshkent—Moskva—Toshkent;

24-iyun. Tel-Aviv—Toshkent—Tel-Aviv;

24-iyun. Toshkent—Novosibirsk—Toshkent;

25-iyun. Toshkent—Moskva—Toshkent;

25-iyun. Toshkent—Nyu-York;

26-iyun. Nyu-York—Toshkent;

26-iyun. Toshkent—Istanbul—Toshkent;

27-iyun. Toshkent—Sharja—Toshkent;

28-iyun. Toshkent—Nyu-York;

28-iyun. Nyu-York—Toshkent;

28-iyun. Toshkent—Moskva—Toshkent.

29-iyundan 5-iyulgacha quyidagi reyslarning amalga oshirilishi rejalashtirilgan:

29-iyun. Seul—Tashkent—Seul;

29-iyun. Toshkent—Istanbul—Toshkent;

30-iyun. Toshkent—Moskva—Toshkent;

1-iyul. Toshkent—Moskva—Toshkent;

2-iyul. Toshkent—Sankt-Peterburg—Toshkent;

2-iyul. Toshkent—Riga—Toshkent;

3-iyul. Toshkent—Novosibirsk—Toshkent;

3-iyul. Toshkent—Qozon—Toshkent;

4-iyul. Toshkent—Yekaterinburg—Toshkent;

4-iyul. Toshkent—Moskva—Toshkent;

5-iyul. Toshkent—Rostov-Don—Toshkent.

Avval 1—7-iyun kunlari xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun 9 ta charter qatnovi, 8—21-iyun kunlari oralig‘ida 20 ta charter reys amalga oshirilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-iyun kuni kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bir oyda 32 ta charter reys orqali 8 mingga yaqin, chegara postlari orqali 20 mingdan ortiq fuqaro O‘zbekistonga olib kelingani, ularning aksariyatida kasallik aniqlangani ma’lum qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют