» » O‘zbekistonda 22-iyun kuni 146 kishida koronavirus aniqlandi. Aholi orasida kasallanish keskin kamaydi

O‘zbekistonda 22-iyun kuni 146 kishida koronavirus aniqlandi. Aholi orasida kasallanish keskin kamaydi


O‘zbekistonda 21-iyun soat 23:00 dan 22-iyun soat 23:00 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 146 ta holat qayd etildi. Bu oxirgi 4 kun ichidagi eng past ko‘rsatkich. 19-iyunda 179 kishida, 20-iyunda 207 kishida va 21-iyunda 162 kishida kasallik aniqlangandi. 22-iyunda qayd etilgan yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 6461 nafarga yetdi.

Yangi kasallanganlarning

Kun davomida aniqlangan 146 ta holatning barchasi Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qayd etildi.

Aholi orasida kasallanish holati avvalgi kunlarga nisbatan ancha past bo‘ldi — kun davomida 5 ta holat qayd etildi. Oxirgi marta 13-iyun kuni aholi orasidagi yangi shunchani tashkil etgandi. Ammo o‘sha kuni kasallanganlarning umumiy soni 97 nafarni tashkil etgandi.

22-iyun davomida 73 nafar fuqaro sog‘aydi. Ular Toshkent shahri, Buxoro va Namangan viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida shifo topdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 6461 nafar bemordan 4450 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 69 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1992 nafar bemordan 15 nafari og‘ir, 4 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

15-martda epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda 19 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan. Iyun oyining o‘zida 4 nafar bemor vafot etdi.

Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 35 690 nafar, statsionar karantinda esa 22 614 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют