» » APL. “Manchester Siti” “Byornli”ga javobsiz beshta gol urdi

APL. “Manchester Siti” “Byornli”ga javobsiz beshta gol urdi


Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 30-turidan o‘rin olgan so‘nggi bahsda “Manchester Siti” 22-iyun, dushanba kuni “Byornli”ni qabul qildi.

Uchrashuvning 22-daqiqasida Fil Foden “shaharliklar”ni oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Riyod Mahrez dubl qayd etgan holda hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Ikkinchi bo‘limda “Manchester Siti” yana ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 51-daqiqada David Silva o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, 63-daqiqada Foden dublini nishonladi.

Shu tariqa Pep Gvardiola shogirdlari ochkolarini 63 taga yetkazib oldi va APL joriy mavsumi tugashiga 8 tur qolganda peshqadam “Liverpul”dan 20 ochko ortda qolmoqda.

APL

30-tur bahsi

Gollar: 1:0 – 22 Foden, 2:0 – 43 Mahrez, 3:0 – 45, penalti Mahrez, 4:0 – 51 Silva, 5:0 – 63 Foden.

“Manchester Siti”: Ederson, Joau Kanselu, Zinchenko, Otamendi, Fernandinyo (Lyaport, 61), Silva, Foden (Sane, 79), Bernardu Silva, Rodri Ernandes, Mahrez (de Bryuyne, 61), Aguero (Gabriel Jezus, 45+1).

“Byornli”: Poup, Teylor, Tarkovski, Louton, Mi, Vestvud, Kork, Braunhill, Maknil, Rodriges (Piters, 60), Vidra (Tompson, 88).

Ogohlantirishlar: Braunhill (43), Joau Kanselu (62).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-06-2020, 02:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют