» » Sergeli hududida tashkil qilinayotgan poytaxtning Yangi hayot tumani tarkibiga qaysi mahallalar kirishi ma’lum qilindi

Sergeli hududida tashkil qilinayotgan poytaxtning Yangi hayot tumani tarkibiga qaysi mahallalar kirishi ma’lum qilindi


Toshkentning Sergeli tumani hududidagi 13 ta mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarini to‘liq hamda 6 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari hududining bir qismi yangi tashkil etilayotgan Yangi hayot tumani tarkibiga o‘tkaziladi. Bu haqdagi tegishli hokim qarori loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Al-Farg‘oniy nomidagi mahalla, “Viqor”, “Chorbog‘”, “Yorqin hayot”, “Yo‘ldosh”, “Charog‘on”, “Do‘stlik”, “Navqiron”, “Olchazor”, “Tashabbus”, “Yangi umid”, “Yangi Choshtepa”, “Xumo” mahallalari to‘liq holda yangi tuman hududiga o‘tkaziladi.

“Daryo bo‘yi”, “Qipchoq”, “Sofdil”, “Past darxon”, “Jo‘nariq”, “Choshtepa” mahallalari hududining bir qismi yangi tumanga qo‘shilmoqda. Sergeli tumani hududida 47 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-may kuni Toshkentning Sergeli tumanida barpo etilgan yangi turar joy mavzesiga tashrifi chog‘ida “Choshtepa” va “Qipchoq” mavzelari negizida poytaxt hokimligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘ysunadigan alohida — Yangi hayot kichik tumanini tashkil etishni taklif qilgan.

Shuningdek, davlat rahbari mazkur tumanga hokim sifatida Toshkent shahar hokimligida kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari Hayot Inog‘omov nomzodini taklif etgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-06-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют