» » Saudiya Arabistoni xorijlik ziyoratchilar uchun bu yilgi Haj ziyoratini bekor qildi

Saudiya Arabistoni xorijlik ziyoratchilar uchun bu yilgi Haj ziyoratini bekor qildi


Koronavirus pandemiyasi sababli Saudiya Arabistoni xorijlik ziyoratchilar uchun bu yilgi Haj ziyoratini bekor qildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

“Saudiya Arabistoni Haj va Umra ishlari vazirligi bu yilgi Haj mavsumini faqat Saudiya Arabistoni ichida bo‘lib turgan fuqarolardan iborat ziyoratchilar uchun cheklangan miqdorda tashkil etishi haqida qaror qabul qildi. Xorijiy mamlakatlardan ziyoratchilar qabul qilinmaydi”, — deyiladi xabarda.

Bu yilgi mavsum 28-iyul–2-avgust oralig‘iga to‘g‘ri kelishi taxmin qilingan.

Avvalroq koronavirus sababli Malayziya va Indoneziya o‘z fuqarolariga 2020-yilda Haj ziyoratini bekor qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistonida komendantlik soati 21-iyundan bekor qilingan, biroq shunga qaramay, ko‘plab cheklovlar o‘z kuchida qolgan.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistonida koronavirus bilan kasallanganlar soni 161 ming kishidan oshgan, hozirga qadar 1,3 mingdan ortiq odam COVID-19 qurboniga aylangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-06-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют