» » Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 18 ming kishidan, Qirg‘izistonda esa 3,5 ming kishidan oshdi

Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 18 ming kishidan, Qirg‘izistonda esa 3,5 ming kishidan oshdi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 499 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.

Mamlakat bo‘ylab kasallar sonining ortishi 2,8 foizni tashkil etmoqda. Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi viloyatlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 18 231 kishiga yetgan. Hozirga qadar 11 158 kishi sog‘aygan, 127 kishi virus qurboniga aylangan. Shuningdek, 10 625 kishi koronavirusni belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan.

Mavzuga doir: Olmaota viloyati hokimida ham koronavirus aniqlandi

Qirg‘izistonda 23-iyun holatiga ko‘ra, yana 163 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 94 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgan:

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 3519 kishiga yetdi, ularning 41 nafari virus qurboniga aylangan. Hozirga qadar 2054 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir: Bishkek merida koronavirus aniqlandi

Afg‘onistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 310 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolo News.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 29 143 kishini tashkil etmoqda.

O‘tgan bir sutka davomida poytaxt Kobul shahrining o‘zida 166 kishida koronavirus aniqlangan.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlarning jami soni 598 kishiga yetdi, hozirga qadar 8841 bemor davolanishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan bir sutkaning o‘zida 77 kishi sog‘aygan, hozirga qadar Afg‘onistonda koronavirusga qarshi 65,8 mingdan ortiq test o‘tkazilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston pandemiya sababli Afg‘onistonga ko‘rsatiladigan yordamni kengaytirish kerakligini ma’lum qildi

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 5513 kishiga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”. O‘tgan sutka davomida yana 56 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 44 kishiga shifoxonadan javob berilgan.

Tojikistonda hozirga qadar 52 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 4039 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir:Tojikiston 1-iyuldan O‘zbekiston va BAA bilan aviaqatnovlarni qayta tiklaydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-06-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют