» » Xitoyda Tesla avtopiloti soatiga 127 kilometr tezlikda harakatlanib YTHga uchradi

Xitoyda Tesla avtopiloti soatiga 127 kilometr tezlikda harakatlanib YTHga uchradi


Tesla Model 3 elektromobili Xitoyning Szyansi provinsiyasidagi yo‘llarning birida avariyaga uchradi. Transport vositasining avtopilot tizimi o‘z-o‘zidan tezlikni oshira boshlagan va soatiga 127 kilometr tezlikka chiqib, to‘siqqa borib urilgan hamda yonib ketgan, deb xabar beradi Gizmochina.

Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, u tormozni bosishga uringan, biroq avtomobil unga bo‘ysunmagan.

To‘qnashuv oqibatida Model 3’ning old qismiga jiddiy shikast yetgan. Yuzaga kelgan yong‘in sabab elektromobilning frontal qismi to‘liq yonib ketgan. Haydovchi va boshqalarga zarar yetgan yoki yetmagani haqida ma’lumotlar yo‘q.

Kompaniya muhandislarining taxminicha, nosozlik avtopilot tizimining ishidagi kamchilik sabab yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.

Avvalroq Tesla Model 3’ning ruli harakat vaqtida uzilib tushgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Tesla egasi mashinasini o‘g‘irlashga uringan shaxsni smartfon yordamida salonga qamab qo‘ydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-06-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют