» » Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida 22 kishida, Janubiy Koreyada esa 46 kishida koronavirus aniqlandi

Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida 22 kishida, Janubiy Koreyada esa 46 kishida koronavirus aniqlandi


Xitoyda so‘nggi sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 22 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 7 ta holat aniqlandi. Birorta ham bemor sog‘aymagan hamda vafot etish holatlari qayd etilmagan. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aniqlangan holatlarning 13 tasi mamlakatning o‘zida, 9 tasi chetdan yuqtirilgan.

Bir kun avval koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 18 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 7 ta holat aniqlangandi. Ularning aksariyati Pekinning Fentay hududidagi “Sinfadi” eng yirik ulgurji bozori bilan bog‘liq bo‘lib, ayni paytda bozor yopilgan.

Mamlakatda umumiy hisobda 83 418 kishi koronavirusga chalingan. Bemorlarning 78 425 nafari sog‘aygan, 4634 nafari vafot etgan.

Mavzuga doir: Pekindagi bozorda aniqlangan COVID-19 genomining ma’lumotlari aniqlandi

Janubiy Koreyada o‘tgan bir sutka ichida yana 46 kishida koronavirus aniqlandi. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 12 484 kishiga, sog‘ayganlar esa 10 908 kishiga yetdi. COVID-19 qurbonlari soni esa 281 kishini tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazining (KCDC) ta’kidlashicha, kasallanganlarning 16 nafari virusni mamlakatning o‘zida, 30 nafari chetdan yuqtirgan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 27 kishiga kasalxonalardan javob berilgan. Janubiy Koreyada hozirga qadar koronavirusga 1,19 million kishi tekshirilgan.

Mavzuga doir: Janubiy Koreya koronavirus bilan kasallanishning ikkinchi to‘lqini boshlanganini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-06-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют