» » Angliyada Mersisayd derbisini rekord darajada ko‘p teletomoshabin kuzatib bordi

Angliyada Mersisayd derbisini rekord darajada ko‘p teletomoshabin kuzatib bordi


Angliya Premyer Ligasining 30-turidan o‘rin olgan “Everton” va “Liverpul” o‘rtasidagi uchrashuv (0:0) Buyuk Britaniyada rekord darajada ko‘p teletomoshabin yig‘di, deya xabar qilmoqda Associated Press.

Xususan, Sky Sports telekanallarida translyatsiyaning eng yuqori ko‘rsatkichi 5,5 million tomoshabinni tashkil qilgan. O‘rtacha ko‘rsatkich esa 5 million bo‘lib, bu mamlakatdagi futbol uchrashuvi uchun rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Ta’kidlanishicha, tomoshabinlarning 3,1 millioni pullik obunachilar, yana 1,9 million nafari esa barcha uchun mo‘ljallangan efir foydalanuvchilari bo‘lgan.

Buyuk Britaniyadagi avvalgi rekord 2012-yilgi Manchester derbisida qayd etilgandi. O‘shanda uchrashuvni Angliyada 4,4 million tomoshabin kuzatib borgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-06-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 62) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют