» » “Bu kunlarni dushmanimga ham ravo ko‘rmayman...” Iliklari ishlamayotgan Diyorbek saxovatli insonlarning yordamiga muhtoj

“Bu kunlarni dushmanimga ham ravo ko‘rmayman...” Iliklari ishlamayotgan Diyorbek saxovatli insonlarning yordamiga muhtoj


Diyorbek Abbosov 2007-yil 2-martda Namangan shahrida tug‘ilgan. Bir yildan buyon aplastik anemiya kasalligi bilan og‘rib kelmoqda.

“Avgust oyida bolamga aplastik anemiya tashxisi qo‘yildi. Ishonmay Toshkentda qayta tekshiruvdan o‘tkazdik. Shifokorlar, haqiqatan, o‘g‘limning iliklari ishlamayotganini, hozir bunday kasallarga “Atgam” ukoli qilinayotganini aytishdi.

Surishtirsak ukol xorijda ishlab chiqarilar, bir pachkasi 12 million turarkan. Mayli, bolam tuzalsa bo‘ldi, deb yig‘ib terganlarimizni qo‘shib, yetmaganiga qarindosh-urug‘lardan qarz olib, 50 millionga Amerikadan to‘rt pachka sotib oldik. Ukolni olgandan keyin o‘g‘limning yana iliklari ishlab ketdi. Biroq yana kasallik qaytalandi. Bolajonimni boshqalarning qoni bilan olti oy asrab keldik.

Davolovchi vrachimiz sizlarga ta’siri bo‘lmadi, yana bitta olamiz deyishdi. Gormon hisobiga bolani vazni oshgan. Endi dori 60 millionga tusharkan. Borimizni sotib, qarindosh-urug‘lardan, dorixonalardan qarz olib, yana shu ukolni sotib oldik. Afsuski, bu yana olti oy davomida bu qaytalanishi mumkin ekan.

Hozir 5 milliondan “Revoloyid”, 1 milliondan “Neral” dorisini olyapmiz. Bolamga yana qon quydirishim kerak. Bu 2 milliondan tushyapti, hozircha.

Operatsiya qildirish uchun Turkiyadagi mutaxassislar bilan gaplashsak, Anadulu klinikasida 90 ming dollarga operatsiya qilisharkan. Agar donor o‘zimizdan bo‘lsa, akasi yoki ukasini olib borishimizni va 70 ming dollar bo‘lishini aytishdi.

Bir yildan beri kasallik sillamizni quritib qo‘ydi. Oddiy gapirib ham yig‘lavoradigan bo‘lib qoldim. 3 kun uyda bo‘lsak, 10 kun Gematologiya shifoxonasida yotamiz. Bir yildan beri shu ahvol. Ayni paytda yaxshi insonlarning yordamiga juda-juda muhtojmiz”, — deydi biz bilan suhbatda Diyorbekning onasi Iqboloy Jabborova.

Biz barcha yurtdoshlarimizdan Diyorbek Abbosovning sog‘ayib ketishida yordam berishlarini so‘rab qolamiz.

Diyorbek Abbosovga xayriya qilishni istaganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali: (Click, Payme)

Onasi Iqboloy Jabborova nomida

Xalq banki:

8600 0609 5875 3809

Rossiyadagi saxovatpesha yurtdoshlarimiz uchun bemorning

qarindoshi Yoqutxon Mamajonova nomida

Sberbank VISA:

4276 3801 5170 2078

Paynet raqam

+998907537737

Bemorning onasi Iqboloy opaning telefon raqami:

+998941754220

Otasi Shuxratbek:

+998999134220



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-06-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют