» » O‘zbekiston aholisida koronavirusga qarshi antitanani aniqlash bo‘yicha test o‘tkaziladi

O‘zbekiston aholisida koronavirusga qarshi antitanani aniqlash bo‘yicha test o‘tkaziladi


O‘zbekistonda keyingi haftadan boshlab aholida koronavirusga qarshi antitanalarni aniqlash uchun test olinishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibullo Oqilov AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

“Biz hozirga qadar koronavirus bilan zararlanganlarni aniqlab, ularni davolash, virus yuqtirgan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlarni esa karantinga olish masalalari bilan shug‘ullandik”, — dedi Habibulla Oqilov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusni aniqlash uchun PZR tahlili lozim bo‘ladi. Antitanalar shakllanishi uchun esa virus yuqtirgan bemorlar tuzalib chiqqan bo‘lishi lozim.

Qayd etilishicha, karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish uchun antitanalarni aniqlash kerak bo‘ladi. Buning uchun O‘zbekistonda ham kelasi haftadan aholi orasida immunofermen tahlilini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda xususiy tibbiyot muassasalariga koronavirus testini o‘tkazishga ruxsat berilgani, O‘zbekistonda koronavirusga test topshirganlar soni 1 milliondan oshgani haqida xabarlar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-06-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют