» » Serxio Aguero jarohat oldi. Futbolchi operatsiya qilinadi

Serxio Aguero jarohat oldi. Futbolchi operatsiya qilinadi


“Manchester Siti” hujumchisi Serxio Aguero Premyer Liga 30-turi doirasida kechgan “Byornli”ga qarshi bahsda (5:0) tizzasidan jarohat oldi. Bu haqda uning otasi Lionel del Kastilyo ma’lum qildi.

“Yaqinda Serxio bilan gaplashgandim. U hafta davomida tizzasida muammo sezdi. Bu menisk (son va boldir suyaklari orasidagi tog‘ay). Seshanba kuni u tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va jarohatning jiddiylik darajasi ma’lum bo‘ladi.

Aguero o‘tgan safargidek Barselonada operatsiya qilinadi”, — deydi futbolchining otasi.

Uchrashuvning 45-daqiqasida “Byornli” himoyachisi Ben Mi argentinalik futbolchiga nisbatan qo‘pol harakat qildi va buning natijasida mehmonlar darvozasi tomon penalti belgilandi. Aguero esa ushbu to‘qnashuvdan keyin o‘yinni davom ettira olmadi.

Serxio Premyer Liga joriy mavsumida 24 ta o‘yin o‘tkazib, 16 ta gol urdi va to‘rtta golli uzatma amalga oshirdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-06-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют