» » Namanganda 72 mingdan ziyod o‘quvchi va talaba tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Namanganda 72 mingdan ziyod o‘quvchi va talaba tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi


Namanganda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan “Har bir o‘quvchi va talaba e’tiborda” aksiyasi yakuniga yetdi. Bu haqda “Namnews.uz” xabar bermoqda.

Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikka viloyatdagi barcha akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlarni jalb etish ko‘zda tutilgandi. Shuning uchun Namangan shahri va tumanlardagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarning tor soha mutaxassislari, viloyat ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalarining eng malakali shifokorlari mazkur tibbiy tadbirga safarbar qilindi.

Qariyb ikki oydan ortiq vaqt davom etgan aksiya doirasida 72 mingdan ziyod o‘quvchi va talabaning salomatligi eng zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari yordamida tekshirildi. Aniqlangan kasalliklarni davolash yuzasidan tegishli tavsiya va maslahatlar berildi.

— Dastlabki tibbiy-ijtimoiy tadbir yigit va qizlarda uchraydigan ayrim kasalliklarni barvaqt aniqlash imkonini berdi. Tibbiy tekshiruvlarning bevosita o‘quv maskanlarida uyushtirilganligi talaba va o‘quvchilarning vaqtini tejashga sharoit yaratdi. Kelgusida bu jarayonni yanada takomillashgan holda davom ettirish niyatidamiz, — deydi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bosh mutaxassisi Dilshod Hoshimov. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-04-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют