» » Uzbekistan Airways’ning Moskvadan amalga oshirilayotgan charter reyslari uchun chipta narxi nima sababdan oshirilgani ma’lum qilindi

Uzbekistan Airways’ning Moskvadan amalga oshirilayotgan charter reyslari uchun chipta narxi nima sababdan oshirilgani ma’lum qilindi


Uzbekistan Airways kompaniyasining O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish bo‘yicha Moskva shahridan amalga oshirilayotgan charter reyslari uchun chipta narxi 750 dollarga ko‘tarilgan. Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatov 23-iyun kuni o‘tkazilgan brifingda nima sababdan narx ko‘tarilganiga izoh berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xorijdan o‘zbekistonlik fuqarolarni olib kelish uchun tashkillashtirilayotgan charter reyslar uchun dastlab aviachiptalar narxi minimal tarifdan oshmasligi belgilangan edi.

“Biroq minimal tarif bo‘yicha belgilangan narxlar charter reyslarning xorij davlatiga borish va yana O‘zbekistonga qaytish xarajatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Narxlar shundan kelib chiqqan holda belgilangan”, — dedi vazirlik axborot xizmati rahbari.

Eslatib o‘tamiz, 13-maydan 24-maygacha xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun 12 ta reys amalga oshirish belgilangan va rejaga asosan amalga oshirilgandi. 25—31-may kunlari 8 ta charter reys amalga oshirilgan hamda Rossiya va Turkiyadan jami 2118 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelinishi xabar qilingandi.

Shuningdek, 1—7-iyun kunlari xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun 9 ta charter qatnovi, 8—21-iyun kunlari oralig‘ida 20 ta charter reys amalga oshirilgan.

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq xorijdagi fuqarolarni O‘zbekistonga olib kelish uchun 2020-yilning 22-iyunidan 5-iyuligacha 21 ta charter reys amalga oshirish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-06-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют