» » O‘zbekistonda xalqaro temiryo‘l qatnovlari ochilishi masalasiga aniqlik kiritildi

O‘zbekistonda xalqaro temiryo‘l qatnovlari ochilishi masalasiga aniqlik kiritildi


O‘zbekiston Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatov 23-iyun, seshanba kuni o‘tkazilgan brifingda xalqaro temiryo‘l va avtomobil qatnovlari qachon tiklanishiga aniqlik kiritdi.

Brifingda Qozog‘istonga chiqish uchun temiryo‘l chegaralari qachon ochilishi, talabalar hozirgi paytda poyezd yoki avtomobil orqali chegaradan o‘tishlari mumkin yoki yo‘qligi masalasida savol berildi.

Ma’lum qilinishicha, poyezd va avtomobil transporti orqali xalqaro qatnovlar hozircha tiklangani yo‘q. Mazkur masalada Respublika maxsus komissiyasi qaror qabul qiladi.

O‘zbekistonda ilk bor koronavirus aniqlangan 16-martdan boshlab avtotransport vositasida mamlakatga kirish-chiqish to‘xtatilgan. Temiryo‘l transporti ham tashqi dunyodan uzilgan.

Mamlakatda 18-maydan mahalliy temiryo‘l qatnovlari qisman qayta tiklandi. 15-iyundan boshlab esa “sariq” va “yashil” toifalarga ajratilgan hududlar o‘rtasida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etgan holda 7 ta yo‘nalishda poyezdlar qatnovini qayta tiklashga ruxsat berildi. Mamlakatda shaxsiy avtotransport vositalarining viloyatlararo harakatlanishiga qo‘yilgan cheklovlar hamon o‘z kuchida qolmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-06-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют