» » Uzbek Tigers guruhdagi uch bellashuvda mag‘lub bo‘lib ham chorak finalga yo‘l oldi

Uzbek Tigers guruhdagi uch bellashuvda mag‘lub bo‘lib ham chorak finalga yo‘l oldi


Jahon boks seriyasining 2017-yilgi mavsumida Uzbek Tigers o‘z guruhida 2-o‘rinni egalladi. “C” guruhi peshqadamligi Qozog‘istonning Astana Arlans jamoasiga nasib qildi.

Musobaqaning rasmiy saytida Uzbek Tigers Rossiya jamoasidan keyin uchinchi o‘rinda ko‘rsatilgan. Nizomga ko‘ra, 3 ta guruhning dastlabki ikki o‘rin egalari, shuningdek, eng yaxshi 2 ta 3-o‘rin egalari ham chorak finalga yo‘llanma olishi kerak. Biroq o‘zbekistonliklar nima uchun Rossiyadan keyingi o‘rinda qolgani ma’lum emas.

Har ikki jamoa 10 tadan ochko jamg‘arishga erishdi. O‘zaro o‘yinlarning Toshkentdagisida Uzbek Tigers 5:0 hisobida zafar quchdi, Rossiyada esa mezbonlar 3:2 hisobida muvaffaqiyat qozondi.

O‘zbekistonliklar jami 30 ta jangning 19 tasida, rossiyaliklar esa 15 tasida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lgan, demak, bu boradagi ustunlik ham Uzbek Tigers tomonida.

3-o‘rinda ko‘rsatilgan uch jamoa orasidan eng yaxshi natija 11 ochko to‘play olgan Fransiya jamoasiga tegishli. Venesuela klubi esa 7 ochko bilan turnirdan xayrlashdi. Shuningdek, Argentina, Marokash va Xitoy bokschilari guruhni so‘nggi o‘rinda yakunlab, chempionlik uchun kurashdan chiqib ketdi.

Ma’lumot uchun, Uzbek Tigers turnirdagi ishtirokini 2016-yilda boshlagan bo‘lib, o‘shanda yarim finalga qadar yetib borgan va Kuba jamoasidan mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etgandi. O‘tgan yili finalda Kuba bokschilari Qozog‘istonga qarshi ringga chiqqan va boks kechasiga Toshkent shahri mezbonlik qilgan.

Опубликовано: admin (22-04-2017, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют