» » Qashqadaryo hokimi haftaning juma kunini Yoshlarni ish bilan ta’minlash va muammolarini yechish kuni deb e’lon qildi

Qashqadaryo hokimi haftaning juma kunini Yoshlarni ish bilan ta’minlash va muammolarini yechish kuni deb e’lon qildi


Qashqadaryo hokimi Zoir Mirzayev haftaning har jumasini Yoshlarni ish bilan ta’minlash va muammolarini yechish kuni deb e’lon qildi. Bu haqda viloyat hokimining bitiruvchilarga qilgan murojaatnomasida ma’lum qilindi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshev.

Ta’kidlanishicha, 23-iyun, seshanba kuni Qashqadaryo hokimi Zoir Mirzayev viloyatdagi bitiruvchi yoshlarga murojaatnoma yo‘llagan.

“2019/2020-o‘quv yilida viloyatdagi mavjud umumta’lim maktablarini 47 680 nafar o‘quvchi tamomladi. Ularning 409 nafari oltin, 313 nafari esa kumush medal sohibi bo‘ldi. O‘tkazilgan so‘rov va o‘rganish natijasiga ko‘ra, maktab bitiruvchilarining 38 470 nafari OTMlarda, 9210 nafari o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirish istagini bildirgan”, — dedi viloyat hokimi Zoir Mirzayev.

Murojaatnomada aytilishicha, viloyatda 18-30 yoshdagilar 391 785 nafarga yetgan. Ularning 26 481 nafari ishsiz ekanligi ma’lum bo‘lgach, yil boshidan ayni kunga qadar 13 536 nafari ish bilan band qilingan.

“Endi haftaning har juma kuni xoh u boshqarma boshlig‘i bo‘lsin, xoh hokim yoshlarni tinglaydi va ularni ish bilan band qilish, muammosini yechishga vaqt ajratadi”, — dedi Zoir Mirzayev.

Viloyat hokimining ma’lumot berishicha, viloyatdagi kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarning oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan 48 nafar tashabbuskor va iqtidorli farzandining 162 million so‘mlik shartnoma-to‘lovlari to‘lab berilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-06-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют