» » Xotin-qizlar uchun OTMga kirishdagi qo‘shimcha grantlar qaysi tartib asosida kimlarga berilishi ma’lum bo‘ldi

Xotin-qizlar uchun OTMga kirishdagi qo‘shimcha grantlar qaysi tartib asosida kimlarga berilishi ma’lum bo‘ldi


Hukumatning 23-iyunda qabul qilingan 402-sonli qarori bilan Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar qilgan.

Nizomga muvofiq, bunday tavsiyanomalar quyidagi mezonlardan biri asosida beriladi:

Nizom bilan tavsiyanoma olish tartibi belgilandi. Mazkur tartibga ko‘ra, har yili fevral oyida xotin-qizlarga tavsiyanomalar berish bo‘yicha ishchi guruhi tuziladi.

Mavzuga doir: Oliy ta’lim vazirligi: Test sinovlari bir kunda ikki yoki uch smenada o‘tkaziladi

Tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari tavsiyanoma olish maqsadida murojaat etgan xotin-qizlarning hujjatlarini har yili 10 mayga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmalariga taqdim etadi.

Ishchi guruh tomonidan saralab olinib, qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari uchun tanlovda ishtirok etishga tavsiya etilgan xotin-qizlarning ro‘yxati har yili 15 iyunga qadar Davlat test markaziga taqdim etiladi hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Tavsiyanoma oliy ma’lumot olish istagida bo‘lgan xotin-qizlarga 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi.

Tavsiyanoma ajratilgan qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tishida tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqini beradi. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish uchun tanlovda ishtirok etishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda abituriyentlar uchun test sinovlari karantin qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkaziladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-06-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют