» » APL. “Tottenhem” London derbisida g‘alaba qozondi, “Lester” yana ochko yo‘qotdi

APL. “Tottenhem” London derbisida g‘alaba qozondi, “Lester” yana ochko yo‘qotdi


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 31-turidan o‘rin olgan 23-iyun, seshanba kungi o‘yinlar o‘z nihoyasiga yetdi.

“Tottenhem” o‘z uyida “Vest Hem”ni qabul qildi va ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuvda hisob 64-daqiqaga kelib ochildi, burchakdan uzatib berilgan to‘pni Tomash Souchek o‘z darvozasiga joylab qo‘ydi. 82-daqiqada Harri Keyn Son Hyon Minning uzatmasidan so‘ng darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va jamoasining ikkinchi golini urdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Joze Mourinyo shogirdlari (45 ochko) 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Vest Hem” esa (27) 17-pog‘onada qoldi.

“Lester” o‘z uyida “Brayton”ni qabul qilib nursiz durangga imzo chekdi va g‘alabasiz yurishini davom ettirdi.

APL

31-tur bahslari

23-iyun, seshanba

Gollar: 1:0 – 64, avtogol Souchek, 2:0 – 82 Keyn.

“Tottenhem”: Lyoris, Orye, Sanches, Devis, Dayer, Alli (Lamela, 59), Sissoko, Lo Chelso, Lukas Moura (Bergveyn, 72), Son Hyon Min (Uinks, 86), Keyn.

“Vest Hem”: Fabianski, Kressuell, Balbuena, Diop, Frederiks, Antonio, Souchek, Fornals (Lansini, 71), Rays, Bouen, Nobl (Felipe Anderson, 71).

Ogohlantirishlar: Fornals (15), Nobl (26), Keyn (51), Devis (67).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-06-2020, 02:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют