» » Toshkentda yana bir xalqaro universitet tashkil etildi

Toshkentda yana bir xalqaro universitet tashkil etildi


Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 404-son qarori bilan Tashkent International University of Education xalqaro universiteti tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar qilgan.

Qarorga muvofiq, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlarini joriy etish orqali respublika iqtisodiyoti real sektorining ehtiyojlarini hisobga olgan holda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan.

Universitet mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi.

Oliygohga o‘qishga qabul qilish uchun kirish imtihonlarini o‘tkazish va chet ellik yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish uchun xorijiy hamkor sifatida The Times Higher Education World University Rankings reytingidagi dunyoning 1000 talikka kiruvchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarini belgilash va universitet bazasida ularning filiallarini ochish huquqi berilgan.

Universitetda o‘qish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Kadrlar tayyorlash kunduzgi, sirtqi, kechki, maxsus sirtqi va masofaviy ta’lim shakllari bo‘yicha o‘zbek, ingliz hamda boshqa tillarda amalga oshiriladi.

Bitiruvchilarga xorijiy hamkor universitetlarning O‘zbekistonda oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjati sifatida tan olinadigan xalqaro darajadagi yoki belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Magistratura ta’lim bosqichi bitiruvchilari Xalq ta’lim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining rahbar kadrlari zaxirasiga kiritiladi.

Bundan tashqari, hukumat qarorida Xalq ta’limi vazirligiga istisno tariqasida universitet faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun eng yaxshi shartlarni taklif etgan potensial investorni tanlash hamda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyat shartlarini belgilash huquqi berilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-06-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют