» » O‘zbekiston meva-sabzavotlari Myanma va Gana mamlakatlariga eksport qilinadi

O‘zbekiston meva-sabzavotlari Myanma va Gana mamlakatlariga eksport qilinadi


O‘zbekistondan Myanma va Gana mamlakatlariga 12 ta mahsulot (gilos, anor, qovun, uzum, limon, o‘rik, olxo‘ri, shaftoli, xurmo, olma, o‘tkir qalampir, loviya) eksport qilish uchun fitosanitariya ruxsatnomasi olindi. Bu haqda “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi xabar qildi.

Inspeksiya axborot xizmatining qayd etishicha, O‘zbekiston Tailand va Indoneziyaga – gilos, AQShga – uzum va qovun, Misrga – anor, olma va olxo‘ri, Hindistonga – anor va olma, Koreya Respublikasiga – uzum, Xitoyga – shaftoli, olxo‘ri va o‘rik mahsulotlari uchun fitosanitariya ruxsatnomasini olish ustida ish olib bormoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekiston 2020-yilning 5 oyida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 baravar ko‘p gilos eksport qildi

Iyun boshida O‘zbekistonning Janubiy Koreyaga 50 tonna gilos yetkazib bergani va Seuldan 97 ming dollarlik insonparvarlik yordami qabul qilingani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-06-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 114) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют