» » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 18 765 kishiga, Qirg‘izistonda esa 3726 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 18 765 kishiga, Qirg‘izistonda esa 3726 kishiga yetdi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 534 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.

Mamlakat bo‘ylab kasallar sonining ortishi 2,9 foizni tashkil etmoqda. Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi viloyatlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 18 765 kishiga yetgan. Hozirga qadar 11 514 kishi sog‘aygan, 134 kishi virus qurboniga aylangan. Shuningdek, 11 721 kishi koronavirusni belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan.

Mavzuga doir: Olmaota viloyati hokimida ham koronavirus aniqlandi

Qirg‘izistonda 24-iyun holatiga ko‘ra, yana 207 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Kloop.kg” xabar berdi.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 92 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgan:

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 3726 kishiga yetdi, ularning 42 nafari virus qurboniga aylangan. Hozirga qadar 2082 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Afg‘onistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 324 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolo News.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 29 481 kishini tashkil etmoqda.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlarning jami soni 618 kishiga yetdi, hozirga qadar 9260 bemor davolanishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan bir sutkaning o‘zida 419 kishi sog‘aygan, hozirga qadar Afg‘onistonda koronavirusga qarshi 66,8 mingdan ortiq test o‘tkazilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston pandemiya sababli Afg‘onistonga ko‘rsatiladigan yordamni kengaytirish kerakligini ma’lum qildi

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 5567 kishiga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”. O‘tgan sutka davomida yana 54 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 70 kishiga shifoxonadan javob berilgan.

Tojikistonda hozirga qadar 54 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 4109 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

O‘zbekistonda 24-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 6755 nafarga yetdi. Mamlakatda hozirgacha koronavirusga chalinganlarning 4560 nafari (68 foizi) sog‘aygan, 19 nafar bemor esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-06-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 94) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют