» » O‘zbekiston terma jamoasi sentabr oyida Tojikiston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekiston terma jamoasi sentabr oyida Tojikiston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi


O‘zbekiston futbol terma jamoasi sentabr oyida Tojikiston terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Vadim Abramov qo‘l ostidagi jamoa oktabr va noyabr oylarida JCh—2022 va Osiyo Kubogi—2023 saralashidan o‘rin olgan qoldirilgan o‘yinlarni o‘tkazadi. Mazkur rasmiy o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston Toshkentda Tojikiston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

O‘yin 4-sentabr kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Iroq terma jamoasi oktabr oyida O‘zbekiston terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishga rozi bo‘lmagani xabar qilingandi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston terma jamoasi JCh—2022 saralashi doirasidagi o‘yinlarni qachon o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi

Eslatib o‘tamiz, oktabr oyidagi FIFA kunlaridan boshlab JCh—2022 musobaqasining saralash bahslari davom ettiriladi. 8-oktabr kuni 7-tur bahslari bo‘lib o‘tadi va unda O‘zbekiston terma jamoasi dam oladi. 13-oktabrda Vadim Abramov shogirdlari safarda Yaman bilan o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-06-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют