» » Shvetsiyada xaridorlarning 36 foizi IKEA’ga ovqatlanish uchun kelishi ma’lum bo‘ldi

Shvetsiyada xaridorlarning 36 foizi IKEA’ga ovqatlanish uchun kelishi ma’lum bo‘ldi


Yasalishi oson bo‘lgan uy mebellari ishlab chiqaruvchisi va riteyleri – IKEA kompaniyasining hisob-kitoblariga ko‘ra, Shvetsiyada xaridorlarning 36 foizi do‘konlarga ovqatlanish uchun keladi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Ovqatlar orasida frikadelkalar (pishirilgan yumaloq qiyma) ayniqsa mashhur ekani ta’kidlandi. IKEA’ning marketing bo‘yicha direktori Gerd Divaldning so‘zlariga ko‘ra, mazkur taom “divanlarning eng yaxshi sotuvchisi”ga aylandi.

Qayd etilishicha, kompaniya vakillari bir nechta shaharda IKEA Food nomli alohida restoranlar ochish haqida o‘ylamoqda. U yerda mebel sotilmaydi – tashrifchilar faqat ovqatlanish uchun keladi.

Marketologlarning hisob-kitobiga ko‘ra, 2013-yili IKEA restoranlarining umumiy daromaddan ulushi 1,5 milliard dollarni tashkil qildi. Xaridorlar katta bo‘lmagan pul evaziga to‘laqonli tushlik qila olishi tufayli IKEA ovqatlari yaxshi sotilmoqda.

IKEA Food nomli alohida restoran ochish oqrali tajriba qilib ko‘rmoqchimiz, ammo hozircha hech qanday aniq qarorga kelmadik. Ishonchim komil, ushbu g‘oyaning salohiyati bor. Bir necha yillardan keyin mijozlarimiz: “IKEA – mebel sotiladigan va ovqatlanish mumkin bo‘lgan eng yaxshi joy” deyishiga ishonaman.

Maykl La Kour, IKEA Food boshqaruvchi direktori

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-04-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют