» » O‘zbekiston TIV koronavirus holatlari kamaygan davlatlarga muntazam reyslarni qayta tiklash ustida ish olib bormoqda

O‘zbekiston TIV koronavirus holatlari kamaygan davlatlarga muntazam reyslarni qayta tiklash ustida ish olib bormoqda


O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaygan mamlakatlarga muntazam reyslarni qayta tiklash ustida ish olib bormoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

“Tashqi ishlar vazirligi tezkor shtabiga ko‘ra, sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lgan hamda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaygan mamlakatlarga muntazam reyslarni qayta tiklash ustida ish olib borilmoqda (“yashil” va “sariq” reyslar)”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, o‘zbekistonliklarni charter reyslarda olib kelish davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 13-maydan 24-maygacha xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun 12 ta reys amalga oshirish belgilangan va rejaga asosan amalga oshirilgandi. 25—31-may kunlari 8 ta charter reys amalga oshirilgan hamda Rossiya va Turkiyadan jami 2118 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelinishi xabar qilingandi. Shuningdek, 1—7-iyun kunlari xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun 9 ta charter qatnovi, 8—21-iyun kunlari oralig‘ida 20 ta charter reys amalga oshirilgan.

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq xorijdagi fuqarolarni O‘zbekistonga olib kelish uchun 2020-yilning 22-iyunidan 5-iyuligacha 21 ta charter reys amalga oshirish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-06-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют