» » Azar va Vinisius birga maydonga tushadimi? Zinedin Zidan javob berdi

Azar va Vinisius birga maydonga tushadimi? Zinedin Zidan javob berdi


“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan chap qanot vingerlari Eden Azar va Vinisius Junior bir vaqtning o‘zida maydonga harakat qila olishini ta’kidladi.

“Buni amalga oshirib bo‘lmas ish deb hisoblamagan bo‘lardim, biroq bir futbolchining maydondagi holatini maksimal darajada qulay qilib berishimiz kerak. Vinisius Edenning pozitsiyada to‘p suradi, ammo bu hech narsani anglatmaydi. Menga futbolchilarni o‘z joyida o‘ynashi yoqadi, biroq ular birgalikda to‘p sura oladi. Bunga zarracha shubham yo‘q.

U endi 19 yoshda, u ko‘p narsani o‘rganishi kerak, taktika va boshqa narsalarni, biroq yigit ishlashni xohlayapti va aynan shuning uchun bu yerda.

Vinisius ayrim vaqtlarda ajoyib o‘yin namoyish qiladi. “Real”ning hozirgi kuni va kelajagi uchun ajoyib futbolchiga ega ekanimiz yaxshi”, — deydi Zidan.

Braziliyalik hujumchi La Liga joriy mavsumida 22 o‘yin o‘tkazib, ikkitadan gol va golli uzatma muallifiga aylandi. Mavsumning aksar qismini jarohat tufayli o‘tkazib yuborgan Azar esa 12 o‘yinda bitta gol urdi va oltita samarali uzatma amalga oshirdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-06-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют