» » Shavkat Mirziyoyev Moskvaga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytdi

Shavkat Mirziyoyev Moskvaga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya poytaxti Moskva shahriga amaliy tashrifi dasturida ko‘zda tutilgan tadbirlar yakunlandi. Shavkat Mirziyoyev Moskvadan Toshkentga yo‘l oldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan Moskvada o‘tkazilgan G‘alaba paradida qatnashish uchun 23-iyun, seshanba kuni Moskvaga yetib bordi.

Shu kuni Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. Rossiya prezidenti G‘alaba paradiga kelgani uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi. Shavkat Mirziyoyev hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin suhbat chog‘ida strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev 24-iyun kuni Moskvadagi Qizil maydonga tashrif buyurdi hamda Rossiya prezidenti va bir qator MDH davlatlari rahbarlari bilan birga G‘alaba paradida ishtirok etdi. O‘zbekiston harbiylari ham mazkur tadbirda mamlakat mustaqillikka erishganidan keyin birinchi bor qatnashdi va chiqish qildi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev 24-iyun kuni boshqa davlat rahbarlari bilan birga Moskvadagi “Noma’lum askar” yodgorligiga gul qo‘ydi.

Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi Islom Karimov xiyoboniga tashrif buyurdi, Birinchi Prezident xotirasiga hurmat bajo keltirib, haykal poyiga gul qo‘ydi. Xiyobondan chiqishda Prezident shu yerda to‘plangan o‘zbekistonliklar bilan salomlashdi.

Ma’lumot uchun, Vladimir Putin Moskvada o‘tgan G‘alaba paradiga barcha MDH davlatlari rahbarlarini taklif qilgan. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatlaridagi epidemiologik vaziyat tufayli, Turkmaniston prezident Gurbanguli Berdimuhamedov 29-iyunda 63 yosh — Payg‘ambar yoshiga to‘lishi sabab tantanali tadbirlarga bora olmasligini e’lon qilgan. Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev esa koronavirus yuqtirib olgan va u ham Moskvaga bormagan.

Mazkur paradda ishtirok etish uchun Moskvaga borgan So‘ronboy Jeenbekov rahbarligidagi Qirg‘iziston delegatsiyasi a’zolari orasida koronavirus aniqlandi. Shu sababli Qirg‘iziston prezidenti So‘ronboy Jeenbekov ham paradda ishtirok etmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-06-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют