» » Yangi BMW modellarini iPhone yordamida ochish mumkin bo‘ladi

Yangi BMW modellarini iPhone yordamida ochish mumkin bo‘ladi


BMW kompaniyasi Apple bilan hamkorlikda yangi Digital Key funksiyasini taqdim etdi. Uning yordamida kompaniyaning barcha yangi avtomobillarini kalit ishlatmasdan ochish mumkin, deb xabar beradi Motor.

WWDC xalqaro konferensiyasida Apple kompaniyasi iOS’ning yangi versiyasini taqdim etgan. Yangilangan operatsion tizimda virtual kalitlarni yaratish va ularni Wallet ilovasiga qo‘shib qo‘yish imkoniyati paydo bo‘lgan. Mazkur tizim hozirda samolyot chiptalari yoki bank kartalari bilan ishlamoqda. Uning yordamida avtomobil eshigini ochish/yopish, shuningdek, dvigatelni ishga tushirish mumkin. Smartfon va mashina o‘rtasida aloqa NFC texnologiyasi hisobiga ishlaydi, mashina egasi smartfonini eshik tutqichiga tekkizsa kifoya — xuddi Apple Pay yordamida to‘lovlarni amalga oshirishdagi kabi.

Ilova interfeysi mashina egasiga virtual kalit bilan iMessege orqali ulashish imkoniyatini beradi, shu bilan birga, har bir foydalanuvchi uchun alohida cheklovlarni taqdim eta oladi.

Virtual kalitlarni qo‘llab-quvvatlash barcha turdagi BMW modellari uchun standartga aylanadi. Biroq u faqatgina 2020-yilning 1-iyulidan boshlab ishlab chiqariladigan yangi avtomobillarda amalga oshiriladi. Funksiyadan iPhone XR, iPhone XS yoki yangi modeldagi smartfon, shuningdek, Apple Watch Series 5 egalari foydalanishi mumkin.

Mavzuga doir: BMW harakat vaqtida shaklini o‘zgartirishga qodir rulni yaratdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-06-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют