» » Xitoy “sotsializm qadriyatlaridan chekingani uchun” TikTok’ka egalik qiluvchi kompaniyani jazoladi

Xitoy “sotsializm qadriyatlaridan chekingani uchun” TikTok’ka egalik qiluvchi kompaniyani jazoladi


Xitoy kibermakon administratsiyasi Xigua videoservisini (TikTok dasturiga egalik qiluvchi ByteDancekompaniyasiga tegishli) “vulgar kontent” uchun jazoladi. Bu haqda idora bayonotiga tayanib, Bloomberg xabar berdi.

Shuningdek, kibermakon administratsiyasi sanksiyasiga Xitoyning Tencent xoldingi sarmoya kiritgan kompaniya ilovasi ham uchragan. Gap Huya va DouYu striming servislari haqida ketmoqda.

Xususan, servislarga endilikda yangi foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni to‘xtatish majburiyati yuklangan.

Xitoy kibermakon administratsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur servislar “odobsiz raqslar, qo‘pol hazillar”ni translyatsiya qilish orqali “sotsialistik qadriyatlardan chekinmoqda” va “jamiyat muhitini buzmoqda”.

Mavzuga doir: 

TikTok qisqa musiqiy video yaratishga, jonli efirlarni amalga oshirishga va xabar almashishga imkon beruvchi ijtimoiy tarmoq servisi hisoblanadi. 2016-yilning sentabr oyida ishga tushirilgan dastur Xitoyda qisqa videolar bo‘yicha yetakchi ijtimoiy tarmoq hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-06-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют