» » Afsonaviy bokschi Oskar de la Hoya ringga qaytmoqchi

Afsonaviy bokschi Oskar de la Hoya ringga qaytmoqchi


Boks bo‘yicha olti vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Oskar de la Hoya ringga qaytish istagi borligini ma’lum qildi.

“Birinchi navbatda Mayk Tayson nima qilishini kuzataman. Shug‘ullanyapman va formamni saqlab turibman. 12 raund jang qiladigan formada emasligim aniq. Biroq o‘sha darajaga chiqishga harakat qilaman. Ko‘ramiz.

Taysonni amalda ko‘rmoqchiman — refleksni kuzataman, 3-4 raundga turib bera oladimi yoki yo‘q, shuni ham bilmoqchiman. Uning harakatlariga baho bergan holda o‘z qarorimni chiqaraman.

Men haqiqatda bu haqida o‘ylayapman. Kim bilan jang qilishim ahamiyatsiz. Birorta o‘z vazn toifasining eng yaxshisi bilan ringga ko‘tarilaman. Bu o‘rta vazn, birinchi o‘rta vazn, yarim o‘rta vazn bo‘lishi mumkin. Mana shu divizionlardagi istalgan top-bokschi bilan jang qilishga tayyorman, bu katta ahamiyat kasb etmaydi”, — deydi de la Hoya.

47 yoshli amerikalik professional boksda 45 ta jang o‘tkazib, ularning 39 tasida g‘alaba qozongan (30 nokaut) va olti marta mag‘lub bo‘lgan.

Avvalroq 53 yoshli Mayk Tayson ko‘rgazmali janglarda ishtirok etish uchun ringga qaytishini e’lon qilgandi. Uning ketidan 57 yoshli Evander Holifild ham boksga qaytishini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-06-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 20) ( 0) ( 19) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют