» » Rossiyada COVID-19 bilan kasallanganlar soni 600 ming kishidan oshdi

Rossiyada COVID-19 bilan kasallanganlar soni 600 ming kishidan oshdi


Rossiyada 24-iyun holatiga ko‘ra, koronavirusga chalingan bemorlar soni 606 881 kishini tashkil qilmoqda. So‘nggi bir sutka ichida COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha 7176 ta yangi holat qayd etilgan. Bir kun avval esa yangi qayd etilgan holatlar soni 7425 kishini tashkil qilgandi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

So‘nggi bir sutkada eng ko‘p kasallanganlar Moskva shahri (811 kishi), Moskva viloyati (507 kishi), Xanti-Mansisk avtonom okrugi (323 kishi), Sankt-Peterburg shahri (218 kishi), Nijegorod viloyati (207 kishi) va Voronej viloyatida (198 kishi) qayd etilgan.

Rossiyada koronavirus oqibatida vafot etgan bemorlarning umumiy soni 8513 kishiga yetdi, so‘nggi bir sutka ichida 154 kishi kasallik qurboniga aylandi. Mamlakatda kasallikdan tuzalganlarning umumiy soni 368 822 kishini tashkil qilmoqda, bir kun ichida 12 393 kishi kasallikdan tuzalgan.

So‘nggi bir sutka ichida koronavirusni aniqlash bo‘yicha 281 mingta test o‘tkazilgan. Pandemiya boshidan buyon o‘tkazilgan testlarning umumiy soni esa 17,8 milliondan oshgan.

Rossiyada kunlik aniqlanayotgan yangi kasallanish holatlari sonining kamayayotgani kuzatilmoqda. Xususan, 19-iyun kuni 7972 ta, 21-iyun kuni 7728 ta, 22-iyun kuni 7600 ta, 23-iyun kuni 7425 ta yangi holat haqida xabar berilgandi.

Avvalroq G‘alaba paradida qatnashish uchun Moskvaga borgan Qirg‘iziston delegatsiyasi a’zolari orasida koronavirus aniqlangani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-06-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют