» » A Seriya. “Inter” 6 ta gol urildan o‘yinda g‘alaba qozona olmadi

A Seriya. “Inter” 6 ta gol urildan o‘yinda g‘alaba qozona olmadi


Futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 27-turida “Inter” 24-iyun, chorshanba kuni “Sassuolo”ni qabul qildi.

Uchrashuv debyutida mehmonlar kutilmaganda Franchesko Kaputoning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. Bunga milanliklar birinchi bo‘limda Romelu Lukaku va Kristiano Biragining gollari bilan javob qaytardi.

Ikkinchi bo‘limning so‘nggi o‘n daqiqaligi qiziqarli kechdi. Avvaliga “Sassuolo” 81-daqiqada Domeniko Berardining penaltidan kiritgan to‘pidan keyin muvozanatni tiklagan bo‘lsa, 86-daqiqada Borxa Valero “Inter”ning uchinchi golini urdi. Oradan uch daqiqa o‘tib, Janjakomo Manyani yana hisobni tenglashtirdi.

Shu tariqa “Inter” 58 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi va ushbu turda hali o‘z o‘yinini o‘tkazmagan “Latsio”dan to‘rt ochko ortda qolmoqda. “Sassuolo” (33) esa ushbu g‘alabadan keyin 12-o‘ringa ko‘tarildi.

A Seriya

27-tur bahsi

24-iyun, chorshanba

Gollar: 0:1 – 4 Kaputo, 1:1 – 41, penalti Lukaku, 2:1 – 45 Biragi, 2:2 – 81, penalti Berardi, 3:2 – 86 Valero, 3:3 – 89 Manyani.

“Inter”: Handanovich, Bastoni, Ranokkiya (de Vrey, 54), Shkrinyar, Biragi (Yang, 75), Valero, Mozes (Kandreva, 75), Eriksen (Agum, 62), Galyardini, Sanches (Martines, 62), Lukaku.

“Sassuolo”: Konsili, Ferrari, Rojerio (Kiryakopulos, 46), Myuldyur, Kirikesh (Manyani, 79), Jurichich, Manyanelli (Lokatelli, 58), Obiang, Boga (Garaslin, 67), Berardi, Kaputo (Defrel, 58).

Ogohlantirishlar: Rojerio (23), Shkrinyar (25), Bastoni (44).

Chetlatish: Shkrinyar (90+3).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2020, 01:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют