» » APL. “Liverpul” “Kristal Pelas”ga javobsiz 4 ta gol urdi

APL. “Liverpul” “Kristal Pelas”ga javobsiz 4 ta gol urdi


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 31-turida “Liverpul” 24-iyun, chorshanba kuni “Kristal Pelas”ni qabul qildi.

Uchrashuvning 23-daqiqasida Trent Aleksander-Arnold jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etib, hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Muhammad Saloh jamoasining ikkinchi golini urdi.

55-daqiqada Fabinyo uzoq masofadan kuchli zarba yo‘llagan holda chiroyli gol muallifiga aylandi. 69-daqiqada Sadio Mane o‘yinga nuqta qo‘ydi — 4:0.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “qizillar”ning ochkosi 86 taga yetdi, jamoa musobaqa jadvalida yakka peshqadam bo‘lib turibdi. “Kristal Pelas” (42) esa 9-o‘rinda bormoqda.

APL

31-tur bahsi

4-iyun, chorshanba

Gollar: 1:0 – 23 Aleksander-Arnold, 2:0 – 44 Saloh, 3:0 – 55 Fabinyo, 4:0 – 69 Mane.

“Liverpul”: Alisson, van Deyk, Gomes, Aleksander-Arnold (Uilyams, 74), Robertson (Elliot, 84), Veynaldum, Fabinyo, Henderson (Oksleyd-Chemberlen, 64), Mane (Keyta, 84), Saloh, Firmino (Minamino, 74).

“Kristal Pelas”: Hennessi, Sako, Uord, van Anholt, Keyxill, Makartur (Ridevald, 66), Taunsend, Makkarti, Kuyate (Milivoyevich, 66), Zaa (Mayer, 15), Ayyu (Pyerrik, 84).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2020, 02:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 53) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют