» » O‘zbekistondagi 8 ta tumanda abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish davlat xizmatlari markazlarida amalga oshiriladi

O‘zbekistondagi 8 ta tumanda abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish davlat xizmatlari markazlarida amalga oshiriladi


Respublika komissiyasining 1-sonli bayoni bilan 8 ta tumanda davlat xizmatlari markazlari orqali muqobil ravishda 2020/2021-o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalariga kirish sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berildi. Bu haqda Adliya vazirligining Davlat xizmatlari agentligi xabar bermoqda.

Komissiya bayoniga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani DXMda, Navoiy viloyati Konimex va Tomdi tumanlari DXMlarida, Surxondaryo viloyati Uzun va Boysun tumanlari DXMlarida, Farg‘ona viloyati So‘x va Farg‘ona tumanlari DXMlarida hamda Sirdaryo viloyati Sardoba tumani DXMda mazkur hududlardagi abituriyentlar ro‘yxatga olinadi.

Yuqorida qayd etilgan tumanlarda yashovchi abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishni “abitur.dtm.uz” yoki “my.gov.uz” portallari bilan bir qatorda belgilangan 8 ta DXM orqali amalga oshirishi mumkin.

Mavzuga doir: Xotin-qizlar uchun OTMga kirishdagi qo‘shimcha grantlar qaysi tartib asosida kimlarga berilishi ma’lum bo‘ldi

Avval abituriyentlar hujjatlarining DTM sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinishi, test sinovlari karantin qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkazilishi, hujjatlar 20-iyundan 20-iyulgacha (20-iyul kuni ham) qabul qilinishi, abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi haqida videoqo‘llanma ishlab chiqilgani, shuningdek, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini inobatga olgan holda 2020/2021-o‘quv yili qabulida test sinovlari qoida tariqasida bir kunda ikki yoki uch smenada o‘tkazilishi haqida xabarlar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2020, 06:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 54) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют