» » IIV matbuot kotibi: “2020-yilda 2350 nafar ichki ishlar xodimi xizmat intizomini buzgani aniqlangan”

IIV matbuot kotibi: “2020-yilda 2350 nafar ichki ishlar xodimi xizmat intizomini buzgani aniqlangan”


24-iyunda “Yuksalish” umummilliy harakati tashabbusi bilan o‘tkazilgan jamoatchilik muloqotida ichki ishlar organlari faoliyati muhokama qilindi. Unda IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ishtirok etgan va vazirlik tizimiga adashib kirib qolganlarga nisbatan “tozalash” ishlari haqida ma’lumot bergan.

Mavzuga doir: “Andijondagi voqea huquqni muhofaza qilish organlari tizimini tubdan isloh qilish lozimligini ko‘rsatdi”. “Yuksalish” umummilliy harakati hodisaga munosabat bildirdi

“Safimizni adashib kirib qolganlardan tozalash bo‘yicha ko‘p ishlar amalga oshirildi. Masalan, 2019-yilda jami 7039 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilgan. Yo‘l harakati qoidalarini buzgan 1223 xodim jarimaga tortilgan, 133 nafari jinoiy javobgarlikka tortilgan.

2020-yilda esa 2350 nafar xodim xizmat intizomini buzgani aniqlandi. 529 nafari yo‘l harakati qoidalarini buzgan hamda 45 nafar xodim jinoiy javobgarlikka tortilgan. 78 nafar xodim karantin qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortilgan, bir kishi ishdan bo‘shatilgan. So‘zda emas, amalda qonun ustuvorligini ta’minlash — asosiy vazifamizdir”, – deya ta’kidlagan Shohrux G‘iyosov.

Mavzuga doir:IIV rahbariyati, Andijon hokimligi va viloyat IIB vakillari ichki ishlar bo‘limidagi qiynoqlardan so‘ng vafot etgan fuqaroning oilasidan uzr so‘radi

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 13-iyunda Andijonda qiynoqqa solingan fuqaro vafoti sabab 3 nafar IIB xodimi hibsga olingan, voqea 30-mayda Andijon shahar Salohiyat ko‘chasida yashovchi fuqaro A.A. tan jarohatlari bilan kasalxonaga olib kelinishidan boshlangan. Fuqaro 11-iyunda vafot etgan. 14-iyun kuni Andijon viloyati Andijon shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari (IIO) faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (FMB) boshlig‘i podpolkovnik Sodiq Usmonov mazkur voqea sabab ishdan olindi. Keyinroq IIBda besh kishi ishdan olingani va 19 kishi jazolangani ma’lum qilindi.

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz Andijonda fuqaroning IIB tomonidan qiynoqqa solinganini qat’iy qoraladi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, “Adolat” SDP siyosiy kengashi raisi Narimon Umarov bir fuqaroni qiynoqqa solib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan Andijon shahar IIB xodimlari harakatiga munosabat bildirib, Andijon shahar IIB xodimlarining noo‘rin munosabati asnosida kasb sha’ni oyoqosti qilingani, bir inson eng oliy huquqi bo‘lgan yashash ne’matidan mosuvo bo‘lgani, shu bilan birga, mamlakat rahbariyati va aholi tomonidan davlatning xalqaro imijini yaxshilash uchun qilinayotgan ko‘p sonli harakatlarga putur yetganini ta’kidladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Qodir Jo‘rayev ushbu vaziyat bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirib, IIV rahbariyati marhum yigitning oilasidan loaqal bir og‘iz kechirim so‘rab qo‘yishi kerakligini aytgan.

Mavzuga doir: Andijonda IIB xodimlarining qiynog‘idan so‘ng vafot etgan fuqaroning singlisi: “Akam qimmatbaho tosh mojarosi qurboni bo‘ldi”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют