» » O‘zbekistonda gid, ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchi o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlariga kiritiladi

O‘zbekistonda gid, ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchi o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlariga kiritiladi


“Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq, 2021-yil 1-yanvardan 2023-yil 31-dekabrga qadar mehmonxonaga belgilangan tartibda berilgan toifa saqlangan taqdirda tegishli yil yakuniga ko‘ra joylashtirish vositasining toifasi uchun undirilgan turistik (mehmonxona) yig‘im summasining 50 foizi joylashtirish vositalariga qaytariladi. Bu haqda Toshkent shahar turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabar qildi.

Qarorga ko‘ra 2020-yil 1-avgustdan boshlab investorlarning yo‘lovchi tashuvchi yangi dor yo‘llarini (“Chorvoq” erkin turistik zonasi hududida tashkil etilayotganlardan tashqari) qurish va jihozlash uchun yo‘naltirilgan xarajatlarining bir qismi har 500 metr yo‘l uchun Davlat budjetidan Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan 1 milliard so‘m miqdorida qoplanadi. Bunda dastlabki 50 ta loyihaga yo‘naltirilgan investorlar xarajatlarining bir qismi qoplanadi.

Shuningdek, qarorda shaharlar va tumanlar bosh rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash jarayonida ular turizm infratuzilmasini rivojlantirish qismida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan majburiy kelishilishi belgilangan.

Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarning xizmatlari o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (xizmatlar, ishlar) turlari ro‘yxatiga kiritiladi.

2020-yil 1-iyuldan 2023-yil 1-iyulga qadar nodavlat (xususiy) muzeylar, badiiy galereyalar va hunarmandchilik markazlarining asosiy faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘i, mol-mulk va yer soliqlari hamda aylanmadan olinadigan soliq stavkalari belgilangan miqdorga nisbatan 50 foizga kamaytiriladi.

Avval O‘zbekistonda koronavirusga chalingan turistlarga 3 ming dollar miqdorida kompensatsiya to‘lanishi, yangi imigratsion viza turi joriy qilinishi, viloyatlar hokimlariga turizm va sport masalasi bo‘yicha o‘rinbosar va maslahatchi lavozimi joriy etilishi, Buxoro, Navoiy va Surxondaryo viloyatlaridagi turoperatorlarga avtomobillar importi uchun imtiyoz berilgani xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют