» » Uchtepada Spark urib yuborgan 73 yoshli erkak shifoxonada vafot etdi

Uchtepada Spark urib yuborgan 73 yoshli erkak shifoxonada vafot etdi


23-iyun kuni soat 10:05 larda Toshkent halqa avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, THAYning Uchtepa tumanidan o‘tuvchi qismida Spark mashinasi yo‘lni belgilanmagan qismidan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyodani urib yuborgan. YTH oqibatida 73 yoshli A.K. tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq O‘zbekistonda 2020-yilning birinchi choragida necha kishi YTH qurboniga aylangani to‘g‘risida ma’lumot berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют