» » Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari xufiyona iqtisodiyot mablag‘larini jalb etish uchun kapital amnistiyasi to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish taklifini bildirdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari xufiyona iqtisodiyot mablag‘larini jalb etish uchun kapital amnistiyasi to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish taklifini bildirdi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari kapital amnistiyasi to‘g‘risidagi qonunni qabul qilishni taklif etdi. Bu haqda parlament quyi palatasi matbuot xizmati xabar berdi. Ushbu taklif Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi tomonidan siyosiy partiyalar fraksiyalari vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan videomuloqot seminarida muhokama qilindi.

Markaziy bank tomonidan chop etilgan O‘zbekistonning to‘lov balansi, xalqaro investitsion holati va tashqi qarzi to‘g‘risidagi nashriga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar va aholining oxirgi uch yildagi depozitlar qoldig‘i 11,5 milliard AQSh dollarini tashkil etmoqda.

“Mazkur mablag‘ oxirgi uch yilda chet eldan yuborilgan pul o‘tkazmalaridan iborat bo‘lib, uning asosiy qismi aholi uyida saqlanayotgan yoki bugungi kunda, asosan, banklarga rasmiy sotilmasdan ulushi 50 foizdan ortiq deb taxmin qilinayotgan xufiyona iqtisodiyotda aylantirilayotgan bo‘lishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

Ekspertlar fikricha, xufiyona iqtisodiyotda aylantirilayotgan mablag‘larni jalb qilish uchun ular legalizatsiya qilinishi, belgilangan davr uchun kapital amnistiyasi e’lon qilinishi yaxshi natija beradi. Deputatlarning fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda kapital amnistiyasi parlament tomonidan qonun shaklida qabul qilinishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Qonun shaklida qabul qilingan hujjat fuqarolarda ko‘proq ishonch uyg‘otadi va parlament nazorati uchun obyekt bo‘ladi.

Bundan tashqari, seminar ishtirokchilar mamlakatda fuqarolar daromadlarini majburiy deklaratsiya qilish tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘mita taklifini muhokama qildi. Qayd etilishicha, ushbu tizim aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlab, odilona soliq solish tizimini yaratadi va norasmiy iqtisodiyotni aniqlashga yordam beradi.

“Xufiyona sektor hajmining qisqarishi ko‘p jihatdan institutsional muammolarni hal qilishga ham bog‘liq bo‘ladi, ya’ni ularning huquq va erkinliklarining yetarli darajada himoyalanganligi kiradi”, — deya ta’kidlanadi xabarda.

Avvalroq O‘zbekistonda bank tizimiga ishonch ortgani, depozitlarning dollarlashuv darajasining pasayishi va so‘mdagi depozitlar o‘sishining tezlashishi kuzatilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Xususan, 2019-yil davomida milliy valyutadagi depozitlarning umumiy pul massasidagi ulushi 38,6 foizdan 42,2 foizgacha ko‘paygan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Markaziy banki: “Chet el valyutasini sotib olish yoki sotish bo‘yicha hech qanday cheklov yoki to‘siqlar o‘rnatilmagan”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют