» » Superliga. “Bunyodkor” Toshkent derbisida “Lokomotiv” bilan o‘ynaydi, “Paxtakor” Navoiyga safar qiladi

Superliga. “Bunyodkor” Toshkent derbisida “Lokomotiv” bilan o‘ynaydi, “Paxtakor” Navoiyga safar qiladi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 6-tur uchrashuvlari 25-iyun, payshanba kuni start oladi. 25-iyun kuni musobaqa 6-turining uchta uchrashuvi o‘tkaziladi.

“Qo‘qon-1912” jamoasi o‘z uyida “Surxon”ni qabul qiladi. Mavsumni muvaffaqiyatsiz boshlagan termizliklarni Qo‘qonda murakkab o‘yin kutib turibdi. Mazkur jamoalar shu kunga qadar O‘zbekiston chempionatida 18 bor to‘qnash kelgan, ularning to‘qqiztasida “Surxon”ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, sakkiz o‘yinda vodiyliklar zafar quchgan. Yana bir uchrashuvda durang qayd etilgan.

Turning markaziy uchrashuvi “Bunyodkor” va “Lokomotiv” o‘rtasidagi poytaxt derbisi bo‘ladi. O‘tgan turda “Paxtakor”ga yirik hisobda mag‘lub bo‘lgan Vadim Abramov shogirdlari yana bir qiyin sinov oldida turibdi. Mazkur jamoalar shu vaqtga qadar 26 marta o‘zaro o‘yin o‘tkazgan. Ularda ikki jamoa ham 9 martadan g‘alaba qozongan va 8 o‘yinda durang qayd etilgan. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi so‘nggi uchta o‘yindan buyon g‘olib nomi aniqlanmay keladi.

Amaldagi chempion “Paxtakor” mazkur turda autsayderlar qatorida borayotgan “Qizilqum” mehmoni bo‘ladi. Jamoalar chempionat tarixida o‘zaro 40 ta o‘yin o‘tkazgan. Ularning 33 tasida “sherlar”ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, “Qizilqum” hisobida bitta g‘alaba bor. Yana 6 o‘yinda durang qayd etilgan. O‘zbekiston chempionati tarixidagi eng yirik hisob mazkur jamoalar o‘rtasidagi o‘yinda qayd etilgan. 2007-yilda “Paxtakor” Navoiydagi bahsda raqibi darvozasiga javobsiz 11 ta to‘p kiritgandi.

26-iyun kuni “Andijon” jamoasi “So‘g‘diyona” maydoniga safar qiladi. “Nasaf” esa o‘z uyida “Buxoro”ni qabul qiladi. 27-iyunda “Metallurg” va “Navbahor” jamoalari o‘zaro to‘qnash kelsa, “Mash’al” Olmaliqda OKMK bilan o‘ynaydi.

Coca Cola Superliga

6-tur bahslari

25-iyun, payshanba

26-iyun, juma

27-iyun, shanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 55) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют