» » Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida 19 kishida, Janubiy Koreyada esa 28 kishida koronavirus aniqlandi

Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida 19 kishida, Janubiy Koreyada esa 28 kishida koronavirus aniqlandi


Xitoyda so‘nggi sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 19 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 1 ta holat aniqlandi. Besh nafar bemorga shifoxonadan javob berilgan. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aniqlangan holatlarning 14 tasi mamlakatning o‘zida, 5 tasi chetdan yuqtirilgan.

Bir kun avval koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 12 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 3 ta holat aniqlangandi. Ularning aksariyati Pekinning Fentay hududidagi “Sinfadi” ulgurji bozori bilan bog‘liq bo‘lib, ayni paytda bozor yopilgan.

Mamlakatda umumiy hisobda 83 449 kishi koronavirusga chalingan, hozirga qadar 4634 bemor COVID-19 qurboniga aylangan. Hozirga qadar 78 433 kishi davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir: Tramp koronavirusni “Kung-flyu” deb atashni taklif qildi

Janubiy Koreyada o‘tgan bir sutka ichida yana 28 kishida koronavirus aniqlandi.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 12 563 kishiga, sog‘ayganlar esa 10 974 kishiga yetdi. COVID-19 qurbonlari soni esa 282 kishini tashkil etmoqda.

Avvalroq Seul va uning atrofidagi shaharlarda koronavirus bilan kasallanishning ikkinchi to‘lqini qayd etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Janubiy Koreya Kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazi (KCDC) rahbari Chon In Gyonning so‘zlariga ko‘ra, Seulda ikkinchi to‘lqin may oyining boshida boshlangan.

Avvalroq italiyalik olim koronavirusning ikkinchi to‘lqini kuzda yuz berishi mumkinligini taxmin qilgandi, JSST vakili esa pandemiyaning ikkinchi to‘lqini bo‘lmasligini ta’minlash mumkinligini bildirgandi.

Mavzuga doir: JSST: Koronavirusga qarshi uchta vaksina sinovlarning so‘nggi bosqichida qatnashadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют