» » Yozuvchi Oybekning o‘g‘li — akademik Bekjon Toshmuhammedov 85 yoshida olamdan o‘tdi

Yozuvchi Oybekning o‘g‘li — akademik Bekjon Toshmuhammedov 85 yoshida olamdan o‘tdi


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, mamlakatda biofizika faniga asos solgan yetuk olim, yozuvchi Oybekning farzandi bo‘lgan Bekjon Toshmuhammedov 85 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Fanlar akademiyasi xabar berdi.

“Biofizikaning O‘zbekistondagi asoschilaridan biri, dunyo miqyosida tanilgan yirik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Bekjon Toshmuhamedov 85 yoshida olamdan o‘tdi. Atoqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Bekjon Toshmuhamedovning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”, — deyiladi xabarda.

Fanlar akademiyasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.

Bekjon Toshmuhammedov 1935-yil 27-yanvarda Toshkentda yozuvchi Oybek xonadonida tug‘ilgan. 1958-yilda Moskva davlat universitetini tamomlagan. Toshkent davlat universitetida kichik ilmiy xodim, biokimyo va biofizika kafedrasi dotsenti, O‘zbekiston FA yadro fizikasi va biokimyo instituti biofizika laboratoriyasi mudiri bo‘lib ishlagan.

Shuningdek, u ToshDU (hozirgi O‘zMU) biofizika va atrof-muhit muhofazasi kafedrasi mudiri, O‘zbekiston FA Fiziologiya institutida direktor, bo‘lim boshlig‘i, Oliy attestatsiya komissiyasi raisi, O‘zbekiston FA Prezidiumi a’zosi bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют