» » “Liverpul” ketma-ket 3-mavsum 100 ta gol urdi. APLning faqat bir klubi Klopp shogirdlaridan oldinda

“Liverpul” ketma-ket 3-mavsum 100 ta gol urdi. APLning faqat bir klubi Klopp shogirdlaridan oldinda


“Liverpul” Angliya chempionatining 31-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Kristal Pelas”ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi.

Shu tariqa Yurgen Klopp shogirdlari joriy mavsumda o‘tkazilgan 50 ta uchrashuvda 100 ta gol urdi. Qayd etish joiz, “qizillar” ushbu natijani ketma-ket uchinchi mavsum takrorlamoqda.

Premyer Ligada ushbu mavsumda faqatgina “Manchester Siti” mersisayd klubidan ko‘proq to‘p kirita olgan — 47 ta o‘yin, 118 ta gol.

31-turdagi g‘alabadan keyin “Liverpul” ochkolari soni 86 taga yetdi, jamoa musobaqa jadvalida yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Ikkinchi o‘rinda borayotgan “Manchester Siti”da hisobida 63 ochko bor.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 61) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют