» » O‘zbekistonning tog‘ va tog‘oldi hududlarida 26—28-iyun kunlari sel kelishi mumkin

O‘zbekistonning tog‘ va tog‘oldi hududlarida 26—28-iyun kunlari sel kelishi mumkin


O‘zbekistonning tog‘ va tog‘oldi hududlarida 2020-yilning 26—28-iyun kunlari sel kelishi xavfi mavjud. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Shu sababli vazirlik tog‘ va tog‘oldi hududlarida yashovchi aholidan ehtiyot choralarini ko‘rishni, noxush holatlar yuzaga kelganda FVVning 1050 raqamiga murojaat qilishni so‘ragan.

Avvalroq “O‘zgidromet” 26-iyunda mamlakat shimoliga, 27-iyunda qolgan hududlarga Volgabo‘yidan sovuq antisiklon kirib kelishi kutilayotgani haqida xabar bergandi. Shu kunlari havo harorati 8-10 darajaga pasayib, 27-30 darajani tashkil qiladi. Qayd etilishicha, bu me’yoriy haroratdan 5-6 darajaga past, tungi harorat esa 19-24 daraja bo‘ladi. Sovuq havo front o‘tishi bilan yana shamol kuchayib, soniyasiga 15-20 metr tezlikda esishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 18) ( 0) ( 16) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют