» » Toshkentdagi Britaniya menejment universiteti kirish imtihoni uchun onlayn test sinovlarini boshladi

Toshkentdagi Britaniya menejment universiteti kirish imtihoni uchun onlayn test sinovlarini boshladi


Mamlakatda karantin davom etayotganligi munosabati bilan British Management University abituriyentlarni onlayn rejimda matematika va ingliz tillaridan test sinovlaridan o‘tkazishni boshladi.

1-iyul kuni soat 11:00 da ingliz tili bo‘yicha BMU English Language Assessment onlayn test sinovlari IELTS sertifikatiga ega bo‘lmagan abituriyentlar uchun  bo‘lib o‘tadi.

2-iyul kuni soat 11:00 da matematika fanidan BMU Math Assessment onlayn test sinovlari bo‘lib o‘tadi

Ingliz tili va matematikadan test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan abituriyentlar masofadan Zoom onlayn platformasidan foydalangan holda xalqaro o‘qituvchilarimiz bilan intervyudan ham o‘tishlari kerak bo‘ladi.

Grantlar

Har yili universitet ijtimoiy himoyaga muhtoj kam ta’minlangan oilalarning qobiliyatli va yuqori akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan abituriyentlarga tanlov asosida 20 ta grant taqdim etadi. Grantlar o‘qish xarajatlarining 100 foizini qoplaydi (qo‘shimcha stipendiyasiz) va talaba akademik o‘zlashtirishning tegishli darajasiga ega bo‘lgan taqdirida 4 yil davomida amal qiladi. Grantlarni olish tartibi saytimizda batafsil yoritilgan: https://bmu-edu.uz/uz/application/

Joriy yilda yuz bergan Sardoba suv ombori halokatidan jabrlangan oilalarga yordam berish uchun universitet zarar ko‘rgan hududlardan kelgan abituriyentlarga 10 tagacha grant taqdim etishga tayyor.

Stipendiyalar

Har o‘quv yilining bahorgi semestridan boshlab a’lo baholar bilan tugatgan 30 nafar talaba oyiga 500 mingdan 1 million so‘mgacha bo'lgan miqdorida stipendiya  olishadi. Har semestrda shu tariqa kursning eng yaxshi a’lo baholar bilan tugatgan 30 talabalarni tanlab olish uchun  stipendiantlar ko‘rib chiqiladi.

Yangi bino

Britaniya menejment universiteti Toshkentning markazida joylashgan bo‘lib, sirk binosi ro‘parasida — “G‘afur G‘ulom” metro bekati yonida joylashgan yangi, zamonaviy va qulay binodan o‘z uyiga ega bo‘ldi. Qulay joylashuv talabalarga poytaxtning istalgan joyidan o‘qishga osongina yetib kelish imkoniyatini beradi. Ayni paytda ta’limni ushbu kuzda boshlash uchun xonalarni barcha kerakli jihozlar bilan ta’minlash jarayoni ketmoqda.  Auditoriyaga yangi mebellar joylashtirilmoqda, zamonaviy texnika va uskunalar o‘rnatilmoqda. Bularning barchasi univeresitetdagi ta’lim va talabalik hayotingizni yorqin va samarali qilishga yordam beradi.

Bizning manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Sebzor ko‘chasi, 22A

Britaniya menejment universiteti abituriyenti bo‘lish uchun BMU saytidagi arizani to‘ldiring: https://mystudybook.org/

Website: www.bmu-edu.uz

Instagram: @bmuedu

Telegram Channel: t.me/bmuedu

Telegram Account: t.me/BMUedubot

Facebook: fb.com/bmuedu

E-mail: info@bmu-tashkent.org

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют